Biz haqimizda!
Hozirgi paytda Chubin madrasasiga tegishli binolarda 1996 yildan boshlab Shahrisabz shahar Аmir Temur nomli moddiy madaniyat tarixi muzeyi faoliyat koʼrsatmoqda.
Batafsil
08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri
08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri
08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri
08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri
08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri
08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri

Maqom muzeyi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʼzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»

BATAFSIL

LIVE

"Shahrisabz" Davlat muzey-qo'riqxonasidagi maqom muzeyida va muzeyga tegishli bo'lgan obyektlarni ONLINE kuzatib borish.

BATAFSIL

Maqom festival

O‘zbek milliy maqom san’atini asrab-avaylash va rivojlantirish, uning noyob namunalarini keng targ‘ib etish,

BATAFSIL

Noyob eksponatlar

Ostadon
Mazkur ostadon boʼlaklari Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining ilmiy xodimlari tomonidan tiklangan. Bu ostadon yuzasida Zardushtiylik dinini qabul qilish marosimi aks ettirilgan. Bu tasvirlar har bir tomonda takrorlangan. Ularning shakli yuzasidagi tasvirlari bir xil, yuqori qismining toʼrtta burchagida boyqushga oʼxshash qush va ularni bir biri bilan bogʼlab turgan halqasimon doira shakli bor. Zardushtiylarning diniy tasavvurlariga koʼra bu qush marhum ruhini yovuz devlardan himoya qilgan. Ostadon eramizning V-VI asrlariga tegishli boʼlsada, undagi boʼrtma tasvirlar eramizdan avvalgi VI asrlardan boshlab Oʼrta Osiyo xududida keng tarqalgan Zardoʼshtiylik dini bilan bogʼliq boʼlgan marosimlar tasvirlangan deb aytish mumkin.

Ostadoneramizning V-VI asrlariga tegishli

Bargak
Bargak – sharq, hususan o‘zbek ayollarining peshona va sochiga taqadigan zeb-ziynat buyumi. O‘zbek xalq amaliy san’atida bargsimon motivlar qo’llanganligi uchun ushbu zeb-ziynat “bargak” nomi bilan atalgan. Ko’plab zeb-ziynat buyumlarida bargsimon shakldan foydalanish tasodifiy emas, qadimdan barglar hayot va tabiatning qayta tirilish timsoli bo’lib kelgan. Bargak XIX asrga oid bo’lib, kumushdan yasalgan. Ustki qismida tilla suvi yugurtirilgan. Bunday bargaklar “tilla bargak” deb atalgan. Feruza, marjon, aqiq, yantar toshlaridan qadama bezak berilgan. Pastki qismida barg shaklida o‘rnatilgan shokilalar mavjud. Ostadon eramizning V-VI asrlariga tegishli boʼlsada, undagi boʼrtma tasvirlar eramizdan avvalgi VI asrlardan boshlab Oʼrta Osiyo xududida keng tarqalgan Zardoʼshtiylik dini bilan bogʼliq boʼlgan marosimlar tasvirlangan deb aytish mumkin.

BargakXIX asrga oid bo’lib, kumushdan yasalgan

"Koshin" - "Plitka" (dekorativ plitalar) - asosan arxitekturada ishlatiladi. Koshin maxsus loydan qoliplarga quyib tayyorlanadi, xumdonda 1150° gacha temperaturada pishiriladi. Turli naqshlar berilgach sir beriladi, soʻng maxsus xumdonda pishiriladi. Bino sirtiga yaxshi yopishishi uchun koshinning orqa tomoni gʻadir-budir yoki chuqurcha-chuqurcha qilib yasaladi. Koshin nafaqat binoning tashqi va ichki interyerini bezash uchun foydalanilgan, shuningdek binoni tashqi tasirlardan (yomgir va qordan) ham asragan. Koshin XIV asrga oid bo’lib, temuriylar davriga tegishli. Yuza qismida arab alifbosida “Alayxi-ul-vassallam” deb yozilgan. Oq, ko’k, moviy rangda sirlangan.

"Koshin" - "Plitka"XIV asrga oid bo’lib, temuriylar davriga tegishli

Qumg’on
O’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metaldan yasalgan badiiy buyumlarga o’yib yoki bo’rtiq qilib naqsh ishlash tushuniladi. Qumg’on XX asr boshlariga oid bo’lib, Shahrisabzlik kandakor ustalar tomonidan ishlangan. Qumg’ondan suv qaynatishga foydalanishgan, odatta choy damlashda qo’llanilgan. Qumg’onning markaz qismida tutun chiqishi uchun mo’ljallangan quvur joylashtirilgan bo’lib, bu quvur suvning tez qaynashini taminlagan. Qapqoqli turdagi qumg’onlar esa suvni ko’p vaqt davomida qaynoqligini saqlab qolishga xizmat qilgan. Qumg’onning sirtida tangasimon shaklda bo’rtma naqsh berilgan. Uning yuqorishida esa halqasimon ko’rinishdagi naqshlar ishlangan bo’lib, u qumg’onning yanada nafis bo’lishiga xizmat qilgan.

Qumg’onXX asr boshlariga oid bo’lib, Shahrisabzlik kandakor ustalar tomonidan ishlangan.

Yangiliklar

"Shahrisabz" davlat muzey-qo'riqxonasi va Shahrisabz shahridagi so'nggi yangiliklarni kuzatib boring!

Bizning doimiy hamkorlarimiz

Xalqaro maqom san’ati anjumani

Anjuman O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atmizga bo‘lgan hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli halqlar o‘rtasida do‘stlik birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini halqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilgan..

Batafsil

Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 75 522 39 85

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi Yu. Sa'dullayeva