Obyektlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

Hazrati “Malik Ashtar” (Moliki Ushtur) masjidi.

Eng baland minora ham yerdan ko’tarilgay.

Temur tuzuklari

Qashqadaryo vohasi o’zining salobatli osmono’par tog’lari, mavj urgan buloqlari, shirin-shakar mevalari, keng yaylov, qir-adirlari bilan O’rta Osiyodagi barcha qadimiy shaharlar muzofotidan ajralib turadi.

Ayniqsa, Temuriylar davridan keyingi bunyod etilgan tarixiy obidalar va madaniy yodgorliklar bu vohaning qadimiy Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm va boshqa tarixiy shaharlari qatoridan o’rin olganligi haqida guvohlik beradi. Bu vohaning o’nlab madaniy yodgorliklarini kuzatar ekanmiz, ular o’z davrining bilimdon me’morlari tomonidan tinimsiz izlanishlar va tunlarni kunlarga ulab ijod etganliklari sababli bunyod etilgani va sayqal topganini ko’ramiz.

Afsuski, bu obidalar bizning davrimizgacha ko’rku jamolini to’la yetkaza olmadi. Quyida so‘zlamoqchi bo‘lganimiz tarixiy obidalardan biri Shahrisabz shahrida joylashgan. Bu “Malik Ashtar” masjididir. Masjid (arabcha masjid ), Islomda ibodat joyi. “Malik Ashtar” masjidining nomi arabcha “Moliki ushtur” so‘zidan kelib chiqqanligi aytiladi. Buning ma'nosi “Tuyador” bo‘lib, ya'ni masjid, savdo karvonlarida qatnaydigan ko‘plab tuyalarga ega bo‘lgan boy tomonidan qurdirilgan. “Malik Ashtar” masjidi Shahrisabzni tarixiy qismi ya’ni janubi-g’arbiy qismida joylashgan.  Yodgorlik Shahrisabz shahrining mahalla masjidlaridan biri hisoblanadi. “Malik Ashtar” masjidi XIX asr oxirlarida ishlay boshlagan. Bu masjid shaharning Molik ajdar mahallasida qurilgan. Molik ajdar masjidi xalq orasida “gumbazi masjid ” deb atalgan bu joyni Molki Ajdar ismli sarkarda qabri, boshqa manabalarda G’iloy Ajdar haqidagi afsonalar bilan bog’laydilar. (Sayfullo Hoji Rahmatov. Qadimiy va Navqiron Shahrisabz, 2019 yil, “Oltin meros press”  79 bet)

An’anaga ko’ra masjidda, yoshlarni islom dini qoidalariga o’qitish hamda ham yo’lga qo’yilgan bo’lib, odatda mahalla masjidlarida o’g’il bolalar tarbiyalangan edi (P. Ravshanov va N. Xushvaqov. Qashqadaryo tarixiga sayoxat, 2020 yil “Ilm-ziyo-zakovat” 147 bet)

“Malik Ashtar” masjidi gumbazli xonaqoh shimoliy va janubiy tomondagi usti yopiq ayvonlardan iborat. Masjidda hozirgi kunda bir vaqtning o’zida 300 dan ortiq kishi ibodat qilishga sharoit mavjud. “Iyd Fitr” va “Iyd Azho” nomozlarida 1000 mingdan kishi qatnashadi. Ushbu tarixiy majmuada 23 ta hujraxonalar, 1 ta tahoratxona bor.

Masjidda 4 ta darvoza bo’lib, shulardan 2 ta darvoza g’arbiy tomonda, 1 tasi shimoliy tomonda, 1 tasi sharqiy tomonda joylashgan. U asrlar davomida ko’hna Kesh Shahrining “Zingaron”, “O’rda”, “Namozgoh” guzari aholisi uchun xizmat qilib kelmoqda. “Malik  Ashdar” masjidi XIX asr oxiri XX asr boshida to’liq shakllangan bo’lib, mukammal holga keltirilgan. Buning asosiy sababi shundaki, masjid qurulishida to’liq pishiq g’ishtdan foydalanilgan. U seysmik jihatdan mustahkam sinchli imorat. O’lchamlari: 8x8 va 8,5x8,5m. Yirik zal gumbaz bilan yopilgan. Binoning gumbazi ravoqli yelkanlar shaklidagi sakkiz qirrali asosga tayanadi. Zal hamma tomondan ayvon bilan o’ralgan. Bosh kirish qismi peshtoqli. Peshtoqning ravoqi ichida bitiklar mavjud va ular yaxshi saqlanmagan. Ular suls va kufiy xatlarida ko’k rangli harflar bilan bitilgan.  Saqlanib qolgan harflar va ayrim so’zlarga qarab,  bu kufiy xatida bitilgan “Tayyiba” va “ Shahodat” kalimalaridan iborat ekani aniqlandi. Ikki tomonda doirasimon kartush ichida  suls xatida “Allohning ismi uning chiroyli ismlari bilan[boshlayman]” so’zlari bitilgan. Doiraning ichida –“Alloh”,atrofida-“Muhammad” va choharyorlar ismlari-“Abu Bakr”, “Umar”, “ Usmon” va “Ali” yozilgan.( Qashqadaryo saroylar, me’moriy yodgorlik majmualar. Toshkent-“EXTREMUM PRESS”-2012 141 bet.)

Masjid ustunlari, darvoza va qo’sh tabaqali eshiklari, imoratning tag sinch qismi namgarchilikka chidamli bo’lgan yong’oq,  chinor, tut va archa daraxti yog’ochlaridan tayyorlangan. Bino xovlisining turli burchaklarida “Balx tuti” ekilgan. Bu daraxtning ekilishiga sabab shundaki, tut daraxti inshootdagi nam va zax qochirish uchun foydalanilgan. Shu tufayli masjid asrlar davomida o’zining asl holini yo’qotmagan. Masjid xovlisida o’ziga xoz an’anaviy xususiyati bo’lgan minora bor. Minoraning balandligi.......

 Minora - masjidning o'ziga xos an'anaviy xususiyati bo'lgan nozik minora, balandligi, uslubi va soni bilan farq qilsa-da. Minareler to'rtburchak, yumaloq yoki sekizgen shaklda bo'lishi mumkin va odatda sivralangan tomlar bilan qoplangan. Dastlab ular azonni ( azon ) chaqirish uchun baland bir nuqta sifatida ishlatilgan edilar Ichida ibodat uchun markaziy maydon musallam , deyiladi. Bu ataylab juda yalang'och qolmoqda. Ibodat qiluvchilar o'tirib, tiz cho'kishadi va erga tekkudek bo'lishlari uchun mebel kerak emas. Keksa yoki nogironlarga yordam berish uchun bir necha stul yoki skameyka bo'lishi mumkin.

 

Masjidning ko’rinishi chiroyli bo’lgani uchun bu yerga namozxonlar havas bilan kelib ibodat qilishadi. 2000 yilda YUNESKO ning jahon merosi ro’yxatiga kiritilib, yodgorlik sifatida saqlanib kelinmoqda(

Malik Ashtar masjidining asosiy unshooti bo’lmish xonaqoh devorlari qalinligi sal kam 1 metr, gumbazining qalinligi esa 80 sm ni tashkil etadi. Xonaqoh ichida qibla yo’nalishini belgilaydigan masjidning noamozgohdagi devorining devorida bezatilgan, yarim dumaloq chuqurlikdagi mihrab mavjud. Mihrab eshikka o’xshahsh bo’lib, xattotlik bilan bezatilgan.  Xonaqohning shimoliy tomonida 4 ustunlik, janubiy tomonida 3 ustunlik ochiq ayvonlar bo’lib, yilning katta qismida ibodat qilish imkonini beradi. Ustun — binoning tayanch qismi. Asosan, tomni koʻtarib turishga xizmat qiladi. Ustun deyarli hamma xalqlarning meʼmorligida qadimdan mavjud. XIX asr va XX asr boshlarida baza kapitel, ko’zagining shakli keng geometriklashtirilgan ustunlar keng tarqalgan. Masjid ustunlari chinordan ishlangan bo’lib ular, stalaktitlar bilan ishlov berilgan kepitellarga ega, ularning bazalari esa turlicha ishlovda berilgan ko’za shaklida yasalgan. Masjiddagi ustunlarning pardozi shunisi bilan harakterliki, ya’nu kapitellargina tasvirlarga ega, qolgan qismi esa hech qanday bo’yoq bilan bo’yalmagan. Bino peshayvonidagi tasvirlarda XX asrdagi an’anaviy me’morchilik uslubi hamda badiiy san’ati aks etgan. Unda asosan islimiy ya’ni o’simliksimon shakladagi takrorlanuvchi taqsimlardan tuzulgan asosiy naqsh ask ettirilgan. Naqsh asosini tanob, band, bargn butalar tashkil etgan. Naqshlar  bir-biriga uzluksiz ulanib, oʻralib ketadigan chirmoviqsimon, oʻsimliksimon naqshlarning takrorlanishidan tashkil topadi. Masjidnning shimoliy tomonidagi peshayvonida minbar bo’lib, masjid ibodat zali oldida ko’tarilgan, u yerda va’z va nuqtalar berilgan. Minbar o’yma daraxtdan yasalgan. U yuqori platformaga yetaklovchi qisqa narvonni o’z ichiga oladi.

1985 yilda Malik Ashtar masjidi Shahrisabz davlat arxivi idorasiga aylantirildi. 1987 yilda bu inshoat qayta rekonstruksiya qilinib, O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlar idorasi qarori bilan yana xalqimiz musulmonlari ibodat qilish imkoniyati yaratildi. Mustaqillik davrida “Malik Ashtar” masjidi bir necha bor qayta rekonstruksiya qilindi 2016 yilda masjidda keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.  Masjid hujralaridagi g’ishtin imoratlar qayta ta’mirdan chiqarildi. Hozirgi kunda “Malik Ashtar” masjidi “Shahrisabz” davlat muzey- qo’riqxonasi tarkibiga kiritilgan tarixiy ob’yektlardan biri bo’lib yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijlik hamda mahalliy sayyohlar uchun xizmat qilib kelmoqda.

 

 

 


Obyektlar

Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 75 522 39 85

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi Yu. Sa'dullayeva