Obyektlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

Event Info

08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri

Dahma deyarli to‘rtburchak shaklda - 6, 4x6, 1 metr o‘lchamdan iborat. Sag‘ananing sathi, devori, bostirmasi pardozlangan marmarsimon ohaktosh bilan qoplangan.

Sag‘ananing shifti esa chodrasimon gumbaz ko‘rinishida qilingan, yuqori qismi naqshinkor kvadrat shaklida bunyod etilgan. Sag‘ana markazida to‘g‘ri to‘rtburchakli balandligi 0,73 metr, bo‘yi 2,5 metr, eni 1,4 metr o‘lchamdagi tosh tobut joylashgan. Uning ustiga esa 11 santimetr qalinlikdagi marmar plita yotqizilgan. Sag‘ana bilan tanishish jarayonida sirtida, ravoqlar hoshiyasida, taxmonlarda suls xatining xar xil turida yozilgan Qur'on oyatlari, duolarga ko‘z tushadi. Arab imlosidagi quyidagi duo diqqatingizni jalb qiladi: «Yo Olloh, meni, otam va onamni, barcha mo‘min va mo‘minalarni, muslim va muslimalarni, tiriklarimiz va o‘liklarimizni mag‘firat qilg‘il, bizlarning oramizdagi ezgu ishlarni bardavom qilg‘il, sen chindan xam o‘tinchlarni ijobat qilguvchisan, marhamatli, hojatbaror, azoblardan xalos qiluvchi, ezgu ishlar sohibi bo‘lgan zotsan. U marhamatli va qudratli zotdir».

Sag‘anani mukammal tadqiq qilgan qadimshunoslarning fikricha, Amir Temurning ushbu maqbarasi me'moriy jihati va ichki bezaklari bo‘yicha Markaziy Osiyoda shu turdagi eng nodir va yirik obidalar, musulmon Sharqidagi eng hashamdor dahmalar qatorida turadi.


Obyektlar

Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 75 522 39 85

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi Yu. Sa'dullayeva