Obyektlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

Event Info

08:00AM - 17:00
Barcha kunlar
shahrisabz shahri

Dorus-Saodat ("Sayyidlar uyi") — Shaxrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1379—80). Amir Temur qurdirgan. 19— 20-asr boshlarida qisman taʼmirlangan. 

Farzandi Jahongir Mirzo maqbarasi (Hazrati Imom maqbarasi) va Amir Temurga moʻljallangan yer osti goʻrxonasi saqlanib qolgan. Dor ut-tilovat bilan bir ansamblni tashkil qilgan. Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sida yozilishicha, Amir Temur Shahrisabzda maxsus bino qurdirgan, unda oʻz oʻgʻli Amirzoda Jahongir va b. amaldorlar hamda buzrukvorlarning daxmalari qoʻyilsin, deb farmon bergan.

Dorus-Saodat tarhi Yassaviy majmuasiga oʻxshash, asosiy gʻarbiy tarzi ravogʻi 20 m kenglikda boʻlib, kirish yoʻli xudoyixona (yoki saroyga), undan qoq oʻrtadagi Amir Temurga moʻljallangan yer osti sagʻanasi joylashgan binoga olib boradi. Xonaning muyulishidagi uzun yoʻlakdan yon xonalarga oʻtiladi. Bu xonalar oshxona, masjid, kutubxona, mehmonlar turadigan xujralar boʻlgan deb taxmin qilinadi.

Jaqongir maqbarasi Hazrati Imom maqbarasi nomi bilan mashxur. Islom dunyosida yirik olim hisoblangan Eron (Ray sh.)da vafot etgan kufalik Imom Muhammad ibn al-Hasan ibn Vohid Abu Abdulloh Shayboniy xoki Amir Temur tomonidan Shahrisabzga koʻchirilgan (1384) degan rivoyat bor (tarixiy manbalar buni tasdiqlamaydi). 1868—1869 y.larda oʻrnatilgan maqbara eshigida Hazrati Imom nomi oʻyib yozilgan.

Maqbara ichkarisi murabba tarhli, yuza ravoqlar ichi va gumbaz osti bagʻallari muqarnas bilan toʻldirilgan. Tashqarisida 16 qirrali poygumbaz ustiga baland kuloqiy gumbaz oʻrnatilgan. Bu meʼmoriy uslub Xorazm meʼmorligiga xos boʻlib, qurilishda xorazmlik ustalar qatnashganligi haqida "Zafarnoma"da yozilgan. Ichkarida bagʻallar ostiga zangori boʻyoq bilan "Dono kishi buyuk maqsadlar bilan harakat qiladi, tentak odam yuksak maqsadni tutib turadi" degan maʼnodagi oʻgitlar yozilgan. Tarzlari sirkor gʻishtchalar bilan qoplangan. Janubiy-gʻarbiy burchagidagi minora saqlangan. 19-asr oʻrtalarida maqbara yoniga sinchkor katta ayvon, hujralar va gumbazli xonaqohjome masjidi barpo etilgan. Masjid qurilishi vaqtida Amir Temurning yer osti goʻrxonasining qubbasi ochilgan.

1995—1996 y.larda arxeologik qazishmalar natijasida majmuaning tarhi aniqlandi, poydevorlari mustahkamlandi, atrofi obodonlashtirildi. Umumiy taʼmirlash tadbirlari Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va nishonlash davrida amalga oshirildi.

Umumiy oʻlchamlari:  Dor-us Saodat — 70x50 m, Jahongir maqbarasi — 25x15 m.


Obyektlar

Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 75 522 39 85

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi Yu. Sa'dullayeva