Mazkur ostadon boʼlaklari Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining ilmiy xodimlari tomonidan tiklangan. Bu ostadon yuzasida Zardushtiylik dinini qabul qilish marosimi aks ettirilgan. Bu tasvirlar har bir tomonda takrorlangan.
Ularning shakli yuzasidagi tasvirlari bir xil, yuqori qismining toʼrtta burchagida boyqushga oʼxshash qush va ularni bir biri bilan bogʼlab turgan halqasimon doira shakli bor. Zardushtiylarning diniy tasavvurlariga koʼra bu qush marhum ruhini yovuz devlardan himoya qilgan.
Ostadon eramizning V-VI asrlariga tegishli boʼlsada, undagi boʼrtma tasvirlar eramizdan avvalgi VI asrlardan boshlab Oʼrta Osiyo xududida keng tarqalgan Zardoʼshtiylik dini bilan bogʼliq boʼlgan marosimlar tasvirlangan deb aytish mumkin.


