Eksponatlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

Har bir millatning oʻzligini namoyon qiladigan,boshqalardan ajralib turadigan turmush tarzi,urf - odati,ananalari,qadriyatlari bor.Amaliy sanatning keng tarqalgan turlaridan biri,oʻzbegim doʻppilari haqida fikrlashmoqchimiz.

Doʻppi yengil bosh kiyim.Oʻzbek doʻppilari shakli,bezagi bilan ajralib turadi.Dastlab doʻppilar oʻtkir uchli qilib,salla bilan kiyishga moʻljallab,kizagi keng jiyakli qilib tayyorlangan.XX asrning birinchi choragidan doʻppi tepasi dumaloq yoki murabba shaklida,kizagidagi jiyagi ingichkalashgan.Asrlar davomida aziz boshimizni bezab turgan haqiqiy oʻzbek doʻppisi bilan har qancha gʻururlansak arziydi.Qadimdan to hozirgacha xalqimiz orasida doʻppilar haqida rivoyatlar,afsonalar saqlanib qolgan.Rivoyatlarga koʻra erkaklar doʻppisining yuqori qismidagi toʻrtta gul odamning sogʻligini toʻrt tomondan himoya qiladi.Doʻppi chetidagi oʻn oltita gul esa katta,ahil oila boʻlish tilagini bildirarkan.Doʻppi tikishda har bir viloyatning oʻziga xos usuli,yoʻnalishi hamda bezatilishida tikish usullari mavjud.Iroqi doʻppi Shahrisabzda keng urf boʻlib kelgan va hozirgacha saqlanib kelmoqda.Doʻppining bu turida kashta iplari sugʻirilib toʻr holiga keltirilgan.Mato (surp)ga rangli ipak yoki ingichka tolali paxta ipi bilan iroqi chok (terma va bosma usuli)da tikiladi.(nomi shundan kelib chiqqan).Iroqi doʻppining eng yaxshi namunalari Shahrisabz va Kitob doʻppidoʻzlari tomonidan tayyorlanadi.Rivoyatlarga koʻra,sarkarda Amir Temur Iroq mamlakatiga harbiy yurishdan keyin, iroqlik ustalar tufayli iroqi uslubida tikilgan doʻppilar paydo boʻlgan ekan.Bu doʻppilar ranglarida chiroyli bir ramziy maʼnolar uygʻunligining guvohi boʻlish mumkin.Masalan; yashil rang boqiylikni,qizil - jasoratni,koʻk - omad,sariq - quyosh nurini aks ettiradi. Doʻppi tikish sanʼati qoʻldan - qoʻlga ,avloddan - avlodga,onadan - qiziga oʻtib meros boʻlib kelmoqda.Bir qarashda bir xil koʻrinsada,lekin yurtimizning har bir viloyatida turfaxil koʻrinishdagi doʻppilar mavjud.Masalan; Surxandaryo va Qashqadaryo viloyatlarida dumaloq koʻrinishdagi doʻppilar, yorqin,bir - biri bilan keskin farq qiladigan iplar bilan tikilgan boʻlsa,Buxoroda doʻppilar koʻproq zar iplar bilan tikilgan.Tajribali qoʻli gul doʻppidoʻzlarning qoʻllari bilan haqiqiy sanat asari yaratiladi.Oʻzbegim doʻppilari butun dunyoga mashhur.Oʻzbek yigit - qizlarimizning koʻrki,husnini oshiradigan,chiroyiga - chiroy qoʻshadigan boshqa millat vakillaridan ajratib turadigan oʻzbegim doʻppilari bor boʻlsin! Faqat tuylarda,marosimlarda,tadbirlarda yoshlarimizning boshiga doʻppini koʻrardik.Hozirgi kunda milliy doʻppilarni koʻcha - kuyda yoshlarimiz kiyib yurishibdi.Bu juda quvonarli.Qolaversa,doʻppi oʻzbek xalqini boʻtun dunyoga tanitadigan,milliyligimizni koʻrsatib turadigan libosimizdir. Yurtimizga tashrif buyurgan chet el sayyohlari doim bizning doʻppilarga havas qilishgan,hozirgacha sovgʻa sifatida yurtlariga olib ketishadi. Bobolarimizdan, buvilarimizdan meros boʻlib,avloddan - avlodga oʻtib kelayotgan oʻzbegim doʻppilari hech qachon oʻz qadrini yoʻqotmasin. Hozirgi kunda kucha - koʻyda,toʻy - marosimlarda,tadbirlarda,bayramlarda katta - kichikning boshida doʻppini koʻrib koʻzing quvonadi.Ilohim oʻzbegim doʻppilariga hech qachon koʻz tegmasin.Oʻzligimizni,milliyligimizni
yoʻqotmaylik.

,,Shahrisabz"davlat muzey - qoʻriqxona matbuot kotibi Sohiba Ochilova.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova