Shoir va mutafakkir, xalqparvar davlat arbobi Alisher Navoiyning bebaho merosi el - yurtimiz ma'naviy hayoti va dunyo adabiyoti rivojida alohida muhim o‘rin tutadi.
Ul zotning muborak siymosi umrini Vatan va xalq saodati uchun baxsh etishni hayot maslagi deb biladigan fidoyi shaxslarni tarbiyalashda barcha davrlar uchun yuksak ideal namunasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek adabiyoti va ma'naviyatining yirik namoyandasi, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ,, Shahrisabz" davlat muzey qo‘riqxonasida ham Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga
bag‘ishlab ,, Xamsa" asari mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida muzey - qo‘riqxonaning ilmiy xodimlari ishtirok etdilar. ,,Chubin" madrasasining filial mudiri Jamolov Islom hamda muzey - qo‘riqxonaning turizm va marketing bo‘limi boshlig‘i Umirova Gulnozalarning Alisher Navoiyning ,,Xamsa" asari haqida ma'ruzalari tinglandi. Shu bilan birga Navoiy g‘azallaridan parchalar o‘qildi. G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir ko‘tarinki ruhda, savol - javoblar, bahs munozaralar ostida bo‘lib o‘tdi.


