O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 2021-yil 15-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nozimini tasdiqlash haqida” 649-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida madaniy meros agentligida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan yig‘ilishgaqatnashish uchun “Shahrisabz” davlat muzey qo‘riqxonasi bosh director M. Uljayev va ilmiy ishlar bo‘yicha director o‘rinbosari A. Ro‘ziqulov 13-14-yanvar 2026-yil Toshkent shahriga xizmat safariga bo‘ldik. 13-yanvar kuni Olimpiya shon - sharaf muzeyi binosida Madaniy meros agentligining birinchi o‘rinbosari T. Qo‘ziyev boshchiligida “Zamonaviy muzeyshunoslik va yangi O‘zbekiston muzeylari nazariya, amaliyot, istiqbollar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, poytaxtdagi muzeylarga sayohat uyushtirildi.
Islom sivilizatsiyasi muzeyi barchamizga katta taassurot uyg‘otdi. Islom sivilizatsiyasi muzeyi — asrlar osha bizgacha yetib kelgan ilm, ma’rifat va ma’naviyat xazinasining tirik guvohidir. Bu maskanda Qur’on qo‘lyozmalari, nodir kitoblar, qadimiy ashyolar va ilmiy meros namunalari orqali islom olamining yuksak tafakkuri, adolat va taraqqiyotga asoslangan qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Har bir eksponat o‘tmish allomalari, olimlari va san’atkorlarining teran fikri hamda nozik dididan so‘zlaydi.
Muzey nafaqat tarixni eslatadi, balki bugungi avlodni ilmga, ezgulikka va tafakkurga chorlaydi. “O‘tmish Sadosi” bu yerda faqat xotira emas — u kelajak uchun yo‘l ko‘rsatuvchi nurdir. Islom sivilizatsiyasi muzeyi o‘z merosini asrab, uni zamon bilan uyg‘un holda taqdim etib, ma’naviy boyliklarning uzviy davomiyligini ta’minlaydi.
Madaniy meros agentligi tomonidan 2025 yil sarhisobi bo‘yicha respublikamizdagi viloyat muzey rahbarlari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, poytaxtdagi muzeylarga sayohat uyushtirildi.
Mazkur davrlar tarixi turli ashyolar, qo‘lyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyish etilgan. Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, Ali Qushchi kabi alloma va mutafakkirlarning serqirra faoliyati haqida ma’lumot berilgan.
Ekspozitsiyaning markazida Qur’oni Karim zali bunyod etilgan. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi — qadimiy Usmon mushafi joylashtirilgan. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, O‘zbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida yaratilgan Qur’oni Karimning qo‘lyozma nusxalari va ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari qo‘yilgan. Qur’onning jahondagi eng nodir qo‘lyozmalaridan namunalar ham o‘rin olgan.
M. Uljayev
"Shahrisabz" davlat muzey-qo'riqxonasi bosh direktori


