Eksponatlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

,, Shahrisabz" davlat
muzey  -  qo‘riqxonasi kolleksiyasidan.


Taqinchoq.  XXasr.
Ayollar taqinchog‘i.Ayollar bo‘yniga taqishga mo‘ljallangan  zebigardon,
mayda munchoqlar, ularning orasida metall bezaklar bilan bezatilgan. Pastki qismida dumaloq shaklda ko‘k,qizil rangli  ko‘zlar qadalgan.
KP  -  2377
IN  -  1271
Materiali; plastmassa,metall. 

XIX  -  asr oxiri  -  XXasr boshlariga kelib Shahrisabz vohasi zargarlari ham, Buxoro zargarlari kabi, bir necha mutaxassislikka  boʻlinib, faoliyat yuritganlar. Bular:  uzuksozlar, ziraksozlar va boshqa xil taqinchoqlar yasovchilar. Zargarlik ham avloddan avlodga meros qilib qoldirilgan.
Zargar ustalar orasida qimmatbaho toshlar va oltindan yasalgan taqinchoqlardan   tashqari, oʻrtahol  aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda arzonroq metall  va toshlardan nafis zargarlik buyumlari (taqinchoqlar)  ishlab chiqaradigan ustalar ham faoliyat koʻrsatgan.Oʻsha paytlarda Markaziy Osiyo  zargarlik buyumlarida kumushdan taqinchoqlar yasash keng ommalashgan.Ayrim taqinchoqlarning tagi kumushdan yasalib, ustiga oltin qoplamalar oʻrnatilgan

 🇺🇿 SHAHRISABZ DAVLAT MUZEY QO'RIQXONASI 🇺🇿
Kanalimiz👇
@shahrisabz_muzeyi
 

 


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova