Eksponatlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

Ma’lumki O‘zbekiston hududidan topilgan arxeologik yodgorliklar, devoriy suratlar

(Bolaliktepa, Afrosiyob, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqalar), yozma adabiyotlar, qo‘lyozma kitoblarga ishlangan miniatyuralarda o‘zbek milliy kiyim tarixi nuqtai nazardan qaralganda, qanchalik boy tarixga ega ekanligini anglashimiz mumkin.  V-VI  aslarga oid Bolaliktepa devoriy suratlarda tiz cho‘kib o‘tirgan erkak va ayolning tasvirida, erkakning egnida uchburchak shaklda keng qaytarma yoqa va hoshiyali, uzun kamzul, oyog‘ida mahsi, belida ingichka kamarga o‘tkazilgan qayirma uchli xanjar osilgan. Ayolning kiyim-kechaklari esa nihoyatda bashang, ichki libos ustidan hoshiyali, qaytarma yoqali hamda uzun, keng guldor yopinchiqni elkaga tashlagan tasvirlari xam fikrimiz tasdiqlaydi.  Mahalliy aholining kiyimi qadimdan ma’lum bir davr, ijtimoiy sharoiti, turmush tarzi va an’analari asosida o‘ziga xos holda shakllangan. Xalq madaniyati tobora oshib borgan sari, kiyim tanani tashqi har qanday holatdan asraydigan vosita bo‘lib qolmay, balki kishilarning go‘zallikka bo‘lgan qarashlarini, ya’ni estetik didni singdira borgan. Har bir kiyiim u tikilgan mato turiga qarab, kimga mansubligini anglatib turdan.  Amaldor, zodaganlar baxmal, kimxob, shoyi, zardo‘zi va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimlar kiyishgan bo‘lsa, oddiy  kambag‘al va faqrlar bo‘zdan tikilgan kiyimlar kiyishgan. Kiyimning shakl va ko‘rinishiga qarab, kiyiladigan sharoitga, mavsumga, kiyadigan kishining yoshi va gavdasiga bog‘liq bo‘lgan.Ma’lumki erkaklar kiyimiga yaktak, cholvor, belqas, ustki kiyimda chopon, jelak, chakmon, boshida do‘ppi, salla o‘ralgan. Asosan bunday kiyimlar O‘zbekistonning janubiy tomondagi shahar va qishloqlarida kiyilgan va hozirgi kungacha saqlanib qolgan. An’anaviy libos turiga mansub bo‘lgan yaktak barcha viloyatlarga keng tarqalgan, yaktakning yoqa qismida milliy uslubda to‘qilgan bog‘ichlar quyilgan. Ustki kiyimda oldi ochiq kiyimlar, asosan turlicha nomlanishi bilan ajralib turgan, engil chopon, astarli va astarsiz jelak, chakmonlar bo‘lgan. Xotin-qizlar kiyimiga kuylak, lozim nimcha, xalat, kamzul, chopon, bosh kiyimda ro‘mol, do‘ppi va taqinchoqlar. Ayollar kiyimi ayol qomadini berkitib turish uchun to‘g‘ri bichimli, keng, uzun, burama (koketkali) kuylaklar bo‘lib, hozirgi kunda xam o‘zbek ayollar kuylagini asosini tashkil etadi. Hozirgi kunda ayollar libosi nihoyatda rang-barang bo‘lib, ko‘pchiligi evropacha ko‘rinish kasb etadi. Shu bilan birga milliy ruhdagi ko‘krak burma bichimdagi ko‘ylak bugungi kunda xam turli ko‘rinishlari keng tarqalib, hozirgacha saqlanib qolgan. O‘zbekistonda qadimdan ip gazlama, yarimipak, ipak va jun gazlamalar ishlab chiqarilgan. Ular butun sharqda o‘rta asrlardan, yani Xitoydan qadimiy Turkiston orqali “Buyuk Ipak yo‘li” o‘tgan vaqtlardan beri mashhur  bo‘lib kelgan. X asr tarixchisi Samarqand va Buxoro gazlamalari shuhrati haqida Narshaxiy asarlarida qayd etilgan. XIX asr o‘rtalarida Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Marg‘ilon va boshqa shaharlarda milliy o‘ziga xos yuqori sifatli gazlamalardan turli xillari ishlab chiqarilgan. Bizning yurtimizdagi ipak va yarimipak gazlamalar-atlas, adras, olacha, beqasam va banoras kabilar bo‘lib, ushbu mato ranglarining mutanosibligi bo‘yicha  ishlab chiqarishda Marg‘ilon shahri etakchi o‘rinda turadi. Bu matodan o‘zbek xotin-qizlari o‘z didlariga mos liboslar tikib, har xil shakllar bilan bezashadi va unda yanada jozibali kurinishadi.    

        Qashqadaryoning yirik tarixiy shaxarlaridan biri bo‘lmish Shahrisabz milliy kiyimlarining o‘ziga xos xususiyatlari ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini kashtalar bilan bezak berish bo‘lib, haqiqiy san’at asari darajasiga aylanib ulgirdi. Kashta tikilgan kiyimlar o‘zining yorqinligi, ranglarning uyg‘unligi yorqin qizil, to‘q-sariq, to‘q-jigarrang, yashil, ko‘k rang bilan ajralib turadi. Kiyimlarning yorqin, ochiq bo‘yoqlari, erkin bichimi va noyob, turli-tuman kashtalari kishining yuksak did sohibi ekanligidan dalolat beradi. Qashqadaryoni milliy liboslari paxta matosidan bo‘lib, qadimgi atlas, adras, banoras, kimxob, shoyi, ichki kiyimda palotno va bosh kiyimda boyjelak, do‘ppi, ro‘mol hisoblangan. Qadimiy kuylak namunalarida hozirgacha keksa ayol, erkak va yosh bolalar kiyimlaridagi kashta bezaklarida saqlanib qolgan. Shahrisabz maktabining o‘ziga xos bezak turlaridan biri shoparchin, oftobparas, to‘pchin, bodomcha nusxalarini kashtamiz timsoli deb atashimiz mumkin. Shahrisabzning tikilgan kashtalari o‘zining yorqinligi, ranglarni uyg‘unlashgani bilan ajralib turadi. Asosan ranglardan yashil, ko‘k, to‘q-jigarrang, to‘q-sariq va qizil bo‘lib, gul bezaklariga ko‘ra Buxoro va Nurota kashtalariga yaqin turadi. Shahrisabz  kashtachiligida tulaligicha naqsh bilab bezash, o‘simliksimon naqshlar keng ifodalaniladi. Surxondaryo kiyimlarida ajdodlarning ko‘p asrlik an’anaviy va badiiy yaratuvchanlik va etnik tarix ildiziga borib taqaladi. Asosan kiyimlari yorqin ranglar, ya’ni qizil, olcha rang, sariq, to‘q-yashil asosan barcha ranglardan keng foydalaniladi. Surxondaryo kiyimlarida esa kashtadan tashqari zargarlik buyumlaridan ham bezak sifatida foydalanishadi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi kashtachilikka bo‘lgan inqirozga qaramay, balki o‘sish davom etdi. O‘zbek libosi bezagi asosini asrlar davomida kashta tashkil etgan holda, xozirgacha davom etib, balki zamonaviy kashtachilikni yo‘qolib ketgan bezak turlari, tikish uslubi va ranglar jilosini tiklashmoqda.

 Bugungi kunda o‘zbek xalqining milliy o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, tabiiy ipak matodan kamalakrang, serjilo xonatlas, adras, olacha, beqasam, banoras, shoyi kabi milliy matolarimizdan milliy va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan,  madaniyati va tarixi bilan o‘zviy bog‘liq holda tikilayotgan liboslar dizaynerlar tomonidan yaratilayotgan ijod namunalari, o‘zining yorqinligi va nozikligi bilan barchaning  e’tiborini tortib kelmoqda.  Mana necha asrlarki o‘zbek milliy matolaridan tikilgan liboslari har qanday inson ko‘rkiga-ko‘rk bag‘ishlab kelmoqda. Milliy liboslarimizni o‘rni kelsa horijliklarni ham egnida ko‘rishimiz mumkin. Milliy matolarimizdan tikilayotgan liboslar hanuzgacha o‘z qadr va qimmatini yo‘qotmagan va jahon bozorida xam o‘z mavqiyega egadir.

Umida Yusupova  “Shahrisabz ” davlat muzey - qo‘riqxonasi  etngografiya bo‘limi boshlig‘i.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova