Shahrisabzda tayyorlangan koʻpgina mahsulotlar yuksak sanʼat asari darajasiga koʻtarilib, butun Oʻrta Osiyoda mashhur boʻlgan.
Xususan Shahrisabz kashtalari,zargarlik mahsulotlari, kulollik buyumlari va metall buyumlar nafis va bejirim naqshlari, rangi, bezaklari bilan ajralib, voha amaliy - badiiy sanʼat sohasida oʻz maktabiga ega boʻlgan madaniy hudud sifatida ajralib turgan.Shu oʻrinda zargarlik sanʼati haqida fikr yuritamiz.Zargarlik sanʼati oʻzbek milliy, badiiy madaniyati tarixining ajralmas qismidir.U xalqning olis oʻtmishdagi maqsadlarini oʻrganishda yordam beradi.Zargarlik mis, oltin, kumush, qalay kabi rangli metallardan qimmatbaho va noyob zebu - ziynatlar, taqinchoqlar, bezak buyumlarini mohirona yasash sanʼatidir.Zargarlik bilan xalqimiz qadim - qadimdan shugʻullanib kelgan va hozirgacha bu udim davom etib kelmoqda.Yurtimizda shunday zargarlar borki ular sanʼatiga qoyil qolmasdan iloji yoʻq.Ana shunday qoʻli gul zargarlardan biri shahrisabzlik Olim Jurayevdir.Olim Jurayev zargarlik sanʼtiga bolalikdan qiziqqan.Chunki u kishi bilan suhbatlashganimizda: ,,Men birinchi,ikkinchi sinflarda oʻqigan paytlarimdan boshlab, eski televizor va radiolarning ichidan chiqqan sariq, qizil rangli simlardan uzuk yasab yurardim" - degan fikrni aytdilar.Haqiqatdan ham Olim Juraev zargarlikka yoshligidan qiziqqan ekan.1994 yilda Shahrisabz shahrining ,, Kristall" zavodida ish boshlagan Olim Jurayev ustozi Zayniddin Qoʻldoshevdan zargarlikning siru - sinoatlarini yana qunt bilan oʻrgandi.Ustozining har bir maslahatiga amal qilgan Olim Joʻrayev qoʻli gul zargar boʻlib tanildi.Hozirda bir qancha shogirdlar tayyorlab, ularga ustozlik qilib kelayotgan Olim Jurayev Prezidentimiz tomonidan bir qancha mukofotlar bilan taqdirlandi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Shahrisabz tuman bosqichida oʻtkazilgan ,, Eng yaxshi tadbirkor", ,,Eng yaxshi hunarmand", ,,Eng yaxshi fermer", ,,Tashabbus - 2004" koʻrik tanlovi gʻolibi, ,,Tashabbus - 2004" koʻrik tanlovining, ,,Eng yaxshi hunarmand" yunalishi boʻyicha viloyat bosqichida 3 - oʻrin gʻolibi.Hozirda yurtboshimizning tashabbuslari bilan zargarlarga juda katta imtiyozlar berilmoqda.Jumladan,marvarid,olmos va qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari solinmaydi. Oʻzbekistonda zargarlik buyumlarini elektron tijorat orqali sotishga ruxsat berilmoqda.Prezident qaroriga koʻra,2021 yil 1 apreldan boshlab qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini ichki va tashqi bozorlarda elektron tijorat orqali sotishga ruxsat beriladi."Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart - sharoitlar yaratish chora - tadbirlari toʻgʻrisida" gi Prezident qarori (PQ - 4998 - mln,22.02.2021 y.) qabul qilindi.Qarorga koʻra,2023 yil 1 martgacha zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni toʻgʻridan - toʻgʻri shartnoma asosida yoki kechiktirib toʻlash sharti bilan sotish tartibi joriy qilinadi.2021 - 2023 yillarda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish,yosh mutaxassislarni tayyorlash va yaratiladigan yangi ish oʻrinlarining maqsadli parametrlari tasdiqlandi.Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga mikrokreditlar ajratiladi.2023 yil 1 yanvargacha zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarning xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarining 50 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab - quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya qilinadi.Yurtimizda zargarlik sanoatiga eʼtiborning kuchaytirilishi zargarlarning yanada koʻproq izlanishga,yangiliklar yaratishga oʻndamoqda. Olim Joʻrayev ham hozirgi kunda qoʻl ostidagi shogirdlari bilan birgalikda xalqimizga bejirim taqinchoqlar yasab, hormay - tolmay mehnat qilib,olqish olib kelmoqda.Xalqimizda : ,,Yer yuzida bitta ayol qolsa ham zargarga ish bor" - degan naql bor. Zargarlarimiz tomonidan yasalgan taqinchoqlar doim qadrlanib, asrab - avaylab kelingan. Biz ham usta zargar Olim Jurayevning bundan keyingi ishlariga rivoj tilab qolamiz.
Sohiba Ochilova


