''Shahrisabz'' davlat muzey-qo'riqxonasi tarkibiga kiruvchi ''Maqom muzeyida'' Ud cholg'u asbobi noyob eksponantlar qatoridan joy olgan.
Ud juda qadimiy musiqa asbob. Uning bizga ma'lum bo'lgan dastlabki shakli Ayritomdan topilgan. Ud ''arabcha''so'z bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi turlichadir. Ud qora tusli daraxtning nomidir. Uning dastlabki nomi "Barbad" bo'lib, bar-qomat, bad-o'rdak ma'nolarida keladi. Ud dag'al, yirik rezonatorli ingichka qopqoq bilan berkitilgan kichik yoriqli va bo'yinchali grifli cholg'u asbobi. Ud mizrob yordamida ohang xosil qiladi. U sharqda cholg'u asboblar qiroli hisoblangan. Ud asosida Yevropada lyutnya cholg'u asbobi kashf etilgan. Hozirda ud cholg'usi kavkaz xalqlarida, arablarda, eron, turk va boshqa xalqlarda iste'moldan chiqmagan holda qo'llanilib kelinmoqda. Yaqin yillar davomida o'zbek va tojik xalqlari orasida ham sozandalarga qiziqish uyg'ondi va ud cholg'usini mukammal o'rganib, xalqimizning qadimiy musiqa asboblariga qo'shishdek xayrli ishlar olib borilmoqda.


