There is no translation available.

       Navro‘z – bu nafaqat yangi yilning boshlanishi,

balki yangilanish, yasharish, mehr-oqibat va ezgulik bayramidir. Asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan ardoqlanib kelinayotgan ushbu bayram bugungi kunda ham o‘zining betakror qadriyatlari bilan yurtimizda keng nishonlanmoqda. Navro‘z umumxalq bayramini keng nishonlash, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalash hamda muzey-qo‘riqxona faoliyatini ommalashtirish maqsadida madaniy-ma‘rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar va xalq sayillari tashkil etildi. Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an‘analarimiz keng targ‘ib qilinib, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ulari mustahkamlandi.

         Navro‘z inson va tabiat uyg‘unligining ramzi hisoblanadi. Aynan shu kunlarda yer uyg‘onadi, tabiat yashnaydi, qalblarda yangi umidlar paydo bo‘ladi. Bu bayram odamlarni bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishga, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga chorlaydi. Navro‘z bayramining ajralmas qismi bo‘lgan sumalak tayyorlash jarayoni ham xalqimizning birdamligi va hamjihatligini yaqqol namoyon etadi. Ushbu jarayon davomida insonlar birlashib, ezgu tilaklar bilan kelajak sari intilishadi. Bugungi Navro‘z bayrami munosabati bilan muzey-qo‘riqxona hududida bayramona dastur tashkil etilib, tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar va folklor chiqishlari namoyish etildi, “Sumalak sayli” va milliy taomlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi, hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi tashkil qilindi. Tadbirda mahalliy aholi, talabalar, o‘quvchilar, xorijiy mehmonlar hamda turli tashkilot vakillari ishtirok etdi. Buning natijasida, muzeyga tashrif buyuruvchilar soni oshdi, milliy qadriyatlar targ‘iboti kuchaydi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi, tashrif buyuruvchilarda ijobiy taassurotlar shakllandi

       Xulosa qilib aytganda, Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi. Muzey-qo‘riqxona faoliyatini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi hamda kelgusida bunday tadbirlarni yanada kengroq miqyosda o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu esa yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova