There is no translation available.

“Shahrisabz” davlat muzey -qo‘riqxonasida 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni

munosabati bilan xodimlar ishtirokida “Ayolga ehtirom” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbiri o‘tkazildi. Muzey-qo‘riqxona bosh direktori M. Uljayev yig‘ilishni ochib, ayollarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning ma‘naviy merosni asrash va kelajak avlodga o‘tkazishdagi hissasi haqida so‘z yuritdi. Ayol – nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning tarbiyachisidir. Chunki har bir buyuk inson, avvalo, mehribon ona tarbiyasini olgan bo‘ladi. Shu bois ayollarga hurmat ko‘rsatish, ularni e’zozlash har bir insonning muqaddas burchidir deya ta‘kidladi. Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda ayollarning o‘rni va nufuzini ulug‘lash, ularga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Yig‘ilishda ilimiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinborasi A. Ro‘ziqulov bugungi kunda ham ayollarimiz jamiyat hayotining barcha sohalarida faol ishtirok etishi va ular ilm-fan, ta‘lim, madaniyat, san‘at va boshqa ko‘plab sohalarda samarali mehnat qilishlari, yosh avlodni ma‘naviy yetuk, vatanparvar va barkamol insonlar qilib tarbiyalashda ayollarning hissasi beqiyosligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning ilm olishlari, kasb egallashlari va o‘z iste‘dodlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirda muzey-qo‘riqxona xodimlari va mehmonlar ishtirok etdilar, muzey-qo‘riqxona ayollarining fidokorona mehnati hamda ma‘naviy merosni asrashdagi xizmatlarini e‘tirof etildi. Tadbir davomida ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, onalik mehri va ayollarga bo‘lgan hurmat haqida ma‘ruzalar qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan ayollarni ulug‘lovchi she’rlar o‘qildi hamda samimiy fikr-mulohazalar bildirildi va “Maqomchilar ansambli” ishtirokida musuqiy chiqishlar qilindi.Tadbir yakunida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan muzey-qo‘riqxona jamoasidagi xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatilib, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi. Mazkur tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va tarbiyaviy ahamiyatga ega tarzda o‘tkazildi hamda ishtirokchilarda yaxshi taassurot qoldirdi. Ayolni ulug‘lash, unga hurmat ko‘rsatish — bu millatimizning eng go‘zal qadriyatlaridan biridir. Keling, har birimiz onalarimizni, opa-singillarimizni, ustoz va hamkasb ayollarimizni doimo e’zozlaylik, ularga mehr va ehtirom ko‘rsatib yashaylik.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova