Obyektlar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

SHAYX  SHAMSIDDIN KULOL MAQBARASI.


Mazkur yodgorlik  XIV asr  oxirida qurilgan.Sohibqiron Amir Temurning  va  otasi Taragʻay Bahodirning ustozi va piri hisoblangan.Shayx Shamsiddin  Kulol  1370-yil 28  noyabrda vafot etgan.Amir Temurning barcha muvaffaqiyatlari  Shayx  Shamsiddin Kulolning duolari bilan bogʻliqdir.Shu sababli  ham   Amir  Temur  Shamsiddin Kulolga maqbara  bunyod etishga  farmon bergan.Ushbu maqbara  Koʻkgumbaz  masjidining sharq tomonida joylashgan. Shuningdek  Amir Temur  1360-yilda vafot etgan otasi  Taragʻay  Bahodirning ham jasadini  1374-yilda  uning vasiyatiga binoan  Shayx  Shamsiddin  Kulolning oyoq tomoni poyiga koʻchirgan.Islomiy aqidalarga binoan, mayyitlar ( marhumlar) oʻzlarining oyoq tomoniga dafn etilgan, demak Amir  Taragʻay  Bahodir qabri, Shayx Shamsiddin  Kulol  qabrining  janub tomonida degan taxmin bor. Biroq, u  hozirgacha  arxeologlar tomonidan topilgan emas.Shayx Shamsiddin Kulol maqbarasiga tegishli  ikki taboqali yogʻoch eshik hozirgi paytda  Shahrisabz  davlat
muzey  -  qoʻriqxonasi tarkibidagi 
,, Chubin"  madrasasida saqlanmoqda.
Bu eshik  oʻymakorlik uslubida ishlangan.Oʻsimlik tasvirlarini yogʻochga oʻyib ishlov berib ishlangan. Yogʻoch eshikning yuqori qismida arab imlosida yozuvlar mavjud.

🇺🇿 SHAHRISABZ DAVLAT MUZEY QO'RIQXONASI 🇺🇿
Kanalimiz👇
@shahrisabz_muzeyi


Obyektlar

Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova