O’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng keng tarqalgan turlaridan biri kandakorlikdir. Kandakorlik deganda metaldan yasalgan badiiy buyumlarga o’yib yoki bo’rtiq qilib naqsh ishlash tushuniladi.
Eksponatlar
Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.
Bargak XIX asrga oid bo’lib, kumushdan yasalgan
Bargak – sharq, hususan o‘zbek ayollarining peshona va sochiga taqadigan zeb-ziynat buyumi. O‘zbek xalq amaliy san’atida bargsimon motivlar qo’llanganligi uchun ushbu zeb-ziynat “bargak” nomi bilan atalgan.
Ostadon eramizning V-VI asrlariga tegishli
Mazkur ostadon boʼlaklari Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining ilmiy xodimlari tomonidan tiklangan. Bu ostadon yuzasida Zardushtiylik dinini qabul qilish marosimi aks ettirilgan. Bu tasvirlar har bir tomonda takrorlangan.





