2018-yilning eng muhim tarixiy voqealaridan biri Shahrisabz shahrida “Xalqaro Maqom festivalining”
o’tkazilishi hisoblanadi. Ushbu festivalda uzoq va yaqin xorijdan, shu jumladan Yaponiyadan kelgan mehmonlar hamda vatandoshlarimiz qatnashdilar. Yaponiya delegatsiyasi tomonidan “Maqom muzeyiga’’ yapon milliy cholg’u asbobi KINGKODO sovg’a qilindi. KINGKODO 1880 - yilda usta Matsumoto Suwa tomonidan yaratilgan.
Koto- yaponcha tortilgan musiqali cholg’u asbobi. XX asrga qadar Koto asosan yakkaxon asbob edi. Yaponiyada ikkita koto ijrojilik maktabi bor. Bular: ikuta-ryu va yamanda- ryu. Koto bir nechta mezonlarga ko’ra tasniflanadi;
Gakuso-gagakuda ishlatiladi, uzunligi188,5sm
Tsukushi-goto-deyarli yo’q bo’lib ketgan,tsukushi – ryu janrida ishlatilgan.
Ikuto-koto- XVII asrda Ikuta Kangyo tomonidan ixtiro qilingan. Kotoning uzunligi 177 sm,zamonaviylari 189,5 sm:
Yamada koto- Yamada Kangyo tomonidanixtiro qilingan. Ovoz diapazoni kengroq, uzunligi 182 sm.
Shinlar- XX asrda Michio Miyagi tomonidan ixtiro qilingan; ular orasida koto’bas”deb nomlanadi, ham orkestrlarda, ham yakka cholg’u sifatida ishlatiladi.
Koto turini ularning oyoqlari ko’rinishi, iplarining qalinligi, chig’anoqning balandligi va qalinligi va pektralarning shaklidan farqlash mumkin. Hozirgi kunda Kingkodo "Maqom" muzeyining noyob eksponatlar qatoriga kiradi.
Muzey ilmiy kotibasi Sa'dullayeva Yulduz.



