There is no translation available.

 Soʻnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar  oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz  -  koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini  inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf  -  odatlari  va  anʼanalarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda. Toʻylarda    sanʼatkorlar haddan ziyod baland  narxlarda xizmat koʻrsatmoqda.


Shu bilan birgalikda, oʻz tomosha xizmatlarini  koʻrsatish davomida  milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va urf  -   odatlarimizga mos kelmaydigan,  
,, ommaviy  madaniyat illatlarini targʻib etadigan  hamda  yoshlar  tarbiyasiga  salbiy taʼsir  koʻrsatadigan  xatti  -  harakatlar  namoyish etilmoqda. Yuqoridagi salbiy  holatlarning tobora avj olishi  ming  minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan maʼnaviy  muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Bugun ,, Shahrisabz"  davlat    muzey  -  qoʻriqxonasida, toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va  marosimlarni  oʻtkazishda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shu bilan birga  milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan ,, ommaviy   madaniyat "  ning salbiy koʻrinishlarining  oldini olish, oila madaniyati, axloqi  haqida tadbir oʻtkazildi. Tadbirni ,, Shahrisabz"  davlat muzey  -  qoʻriqxonasining direktor  oʻrinbosari  Akbarov Abduvali  kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Muzey  -  qoʻriqxonasi  tarkibidagi ,, Dor ut  -   Tilovat"  majmuasining  boʻlim boshligʻi  Jalolov Zafar  va ,, Marketing  va turizm"  boʻlim boshligʻi  Umirova  Gulnozalar         soʻz olib,  oʻzlarining fikrlarini bildirdilar. Bugungi tadbir  bahs  -  munozaralar, savol  -  javoblar,keng muhokamalar ostida  boʻlib oʻtdi.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova