O'zbekiston tomonidan 2025-yil 19-yanvarda taqdim etilgan Shahrisabz nomini qayta ko'rsatish rejasi loyihasini ICOMOS ko'rib chiqishiga ko'ra
Qo'mita 2024 yildagi qarorida O'zbekiston tomonidan quyidagilarga murojaat qilishni so'radi
Tarixiy shahar holatini hisobga olingan holda, hududda joylashgan Temuriylar yodgorliklariga asosiy e'tiborni bergan holda terixiy markaz uchun o'zgartirilgan mezonlar asosida mumkin bo'lgan nomzodlikning konsepsiyasi bayon etilishi va 2025-yil fevral oyida hisobot taqdim etilishi, shunda YUNESKO Umumjahon merosi qo'mitasi 47-sessiyasida ushbu obyektga nisbatan aniq yo'l ko'rsatilishi mumkinligini ko'rib chiqishi mumikinligi va O'zbekiston tomoni o'zining oldingi qarorlariga muvofiq va Amaliy yo'riqnomaning 166-bandiga rioya qilgan holda yangi nomzodlik ishlab chiqishi mumkin
ICOMOS erishilgan yutuqlarni va ishlarni oldinga siljitish uchun muloqot qilish majburiyatini olqishlaydi. Muhokoma yig'ilishidan oldin u yuqoridagi savollar va bosqichlarga javob olishni ma'qullaydi va bu quyidagi yo'nalishlarda belgilanishini taklif qiladi:
1. Yodgorliklar tarixi va evolutsiyasi bilan bog'liq holda yaqinda olib borilgan tadqiqotlar, yaqinda olib borilgan konservatsiyalar hajmi va ko'lami, shuningdek, asosiy natijalari va ularning shaharning umumiy tuzulishi bilan bog'liqligi o'rganish
2 YOdgorliklar qatorining potensial OUV ni, potensial OUV atributlarini asoslash va shu tariqa qaysi yodgorliklarni taklif etilayotgan qatorga kiritish mumkinligi haqida batafsilroq yondashuvini qo'llab -quvvatlash sifatida yuqoridagi savollarni o'rganish rejasi
3 Qiyosiy tahlil qanday amalga oshirilishi haqida ko'rsatma.
Shahar muhiti originaliligini va yayaxlitligini aniqlash, shahar tartiboti, yodgorliklarning o'zlari, ularning atrofi va shahr boýlab ko'rinishi, bufer zonasi va kengroq muhiti, shuningdek, taklif etilayotgan seriya Shahrisabz Bosh Rejasi bilan qanday bog'lanishi kabi masalalar ham juda muhimdir.


