Sirtida tangasimon shaklda bo‘rtma naqsh berilgan. Ichki qismiga tutun chiqishiga mo‘ljallangan quvur bor. Misdan ishlangan. Bezakсиз. Qo‘l mehnati.
Turli hunarmandchilik markazlarida yasalgan buyumlar shakli va bezaklari bilan bir-biridan farq qilgan. Ularning orasida turfa nomga ega va shakli bilan biroz farqlanuvchi suv idishlar mashhur bo‘lgan. Eng keng tarqalgani ko‘zalar — qumg‘on, oftoba, shuningdek, choy damlash uchun choynaklar, mahsulotlarni saqlash uchun tovoqlar, chelaklar, patnislar, xushbo‘y moy soladigan idishlar, yozish uchun asqotadigan buyumlar bo‘lgan.
Badiiy ishlov berilgan buyumlar hashamat va boylik hisoblangan. Shuning uchun keng omma undan foydalanmagan, hammaning ham unga qurbi yetmagan. Shaharlardagi boy aholining uylarida ular faqat bayram dasturxonlarida, yana mehmonxona devorlarida bezak sifatida ishlatilgan. Zarb berilgan hashamatli idishlar nafaqat xona interyerini bezagan, balki oilaning boyligi va maqomidan ham dalolat bergan. Asta-sekin ular butunlay sovg‘a buyumlari toifasiga aylangan.


