Yangiliklar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

       Madaniy meros agentligi direktori tomonidan

“O`zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish bo’yicha 2025- yil uchun yillik kalendar reja” tasdiqlangan. Mazkur kalendar rejaning 26- bandiga ko’ra, 9- dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” kuni munosabati bilan “Korrupsiya-kelajak kushandasi” Shiori ostida xodimlargs korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik hissini kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlar tashkil etish belgilangan. Yuqoridagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, “Shahrisabz ” davlat muzey-qo‘riqxonasida yig‘ilish  o‘tkazildi. 

        Yig‘ilishni muzey - qo‘riqxonasinig  bosh direktori M. Uljeyev olib bordi. 9-dekabr – xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni deb e’lon qilingan shu munosabat bilan barcha tashkilorlatga targ‘ibot tadbiri o‘tkazilmoqda. Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan eng asosiy global muammolardan biridir. bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladigan salbiy illatdir. shuning uchun ham bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy oldi. Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga davlat mulkini talon-taroj qilishlik, poraxoʻrlik, firibgarlik, tovlamachilik kabi bir qator jinoyatlar kiradi. bunday jinoyatlar iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boshqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarning davlat tizimi va siyosiy tizimlarga nisbatan ishonchsizligini hamda noroziligini keltirib chiqaruvchi omillar deyishimiz mumkin.

    Yig‘ilishni muzey-qo‘riqxona “Dor ut-tilovat” filial rahbari Z. Jalolov korrupsiya — bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga toʻsqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi kabi manfaatli jumlalar bilan so‘zini yakunladi va muzey -qo‘riqxona ilmiy kotibi  Y. Sa’dullayeva korrupsiyani oldini olish uchun ushbu takliflarni berdi;

-Yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tizimini yanada takomillashtirish lozim;

-Ayni yoʻnalishda har xil tanlovlar, musobaqalar, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazishni tizimli amalga oshirish zarur;

– Bugungi kunda keng xalq ommasiga korrupsiya bilan qoʻlga olingan jinoyatchilarning keyingi qismatlari haqida yetarlicha axborot berilmayotir. Bu boradagi taklifim, ular jazoga tortilgach, vaqti-vaqti bilan jazoni oʻtash jarayonlari, qanchalik koʻzlari ochilayotgani, pushmon-u armonga toʻla «dil soʻzlari», bola-chaqalarining anduhli intervyulari ham namoyish etib borilsa, bu boradagi huquqiy-ma’rifiy ishlar samaradorligi yanada ortgan boʻlar edi.


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova