Yangiliklar

Madaniy meros obyektlari davlat himoyasida.

There is no translation available.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik

koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish to‘g‘risida"gi qarori imzolandi. Ushbu qarorda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targʻibot-tashviqot tadbirlari o‘tqazish aytib o‘tildi, shu munosabat bilan Resbuplika ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrisabz shahar bo‘linmasi hamda " Shahrisabz" davlat muzey- qo‘riqxonasi filiali "Maqom" muzeyi hamkorlikda "O‘zbek maqom san'ati: zamon va olamni qiziqtirgan sehr" dasturi ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Shahrisabz shahar bo‘linmasi rahbari Latofat Abdullayeva ochib berdi. Tadbir davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Elmurod Boymurodov Umrboqiy maqom san'ati mavzusida maruza qildi. Maqom haqida kerakli ma'lumotlar berdilar. Tadbirda 2- sonli bolalar musiqa va san'at maktab o‘qituvchilari tomonidan maqom ijro etildi. Tomoshabinlar madaniy xordiq olishdi. Ushbu tadbirda "Shahrisabz" davlat muzey- qo‘riqxonasi bosh direktori Nabi Xushvaqov "Yangi O‘zbekistonda maqom san'atining rivojlanishi" mavzusida maruza qildi. Ma'ruzalarida yosh maqomchilarga "maqom ohanglar, ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib- o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur" ligini aytib o‘tdilar. Tadbirda "Maqom muzeyi" hodimlari tomonidan "Shashmaqom" hamda musiqa va san'at maktab o‘qituvchilari tomonidan "Chuli iroq" ijro etildi. "Mustaqil O‘zbekistonda maqom san'atini taraqqiy topishi" to‘g‘risida Maqom muzeyi rahbari Ural Vohobov ma'ruza qildi. Tadbir so‘ngida maqomchilar tomonida jonli ijroda chiroyli qo‘shiqlar ijro etildi. Mustaqillik yillarida ma'naviyatga, xalq milliy qadriyatlarini, urf-odatlarini asrab- avaylab saqlashga, unutilib borilayotganlarini tiklab yosh avlodni milliy an'analar ruhida kamol toptirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, nomoddiy madaniy merosimizning ijrochilik san'ati yo‘nalishida Shashmaqom, Katta ashula janrlari jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentiv ro‘yxatga kiritilishi xalqimiz mumtoz qo‘shiqlari, o‘ziga xos ijro uslublarining mukammalligi sababdir.

"Shahrisabz " Davlat muzey qo'riqxonasi ilmiy kotibi Sa'dullayeva Yulduz


Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova