Soʻnggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz - koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf - odatlari va anʼanalarini mensimaslik kabi illatlar koʻzga tashlanmoqda. Toʻylarda sanʼatkorlar haddan ziyod baland narxlarda xizmat koʻrsatmoqda.
Shu bilan birgalikda, oʻz tomosha xizmatlarini koʻrsatish davomida milliy mentalitetimiz, qadriyatlarimiz va urf - odatlarimizga mos kelmaydigan,
,, ommaviy madaniyat illatlarini targʻib etadigan hamda yoshlar tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan xatti - harakatlar namoyish etilmoqda. Yuqoridagi salbiy holatlarning tobora avj olishi ming minglab oilalarning nafaqat ijtimoiy ahvoliga, balki butun hayotiga, qolaversa, jamiyatimizda qaror topgan maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Bugun ,, Shahrisabz" davlat muzey - qoʻriqxonasida, toʻylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni oʻtkazishda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, shu bilan birga milliy qadriyatlarimizga yot boʻlgan ,, ommaviy madaniyat " ning salbiy koʻrinishlarining oldini olish, oila madaniyati, axloqi haqida tadbir oʻtkazildi. Tadbirni ,, Shahrisabz" davlat muzey - qoʻriqxonasining direktor oʻrinbosari Akbarov Abduvali kirish soʻzi bilan ochib berdi.
Muzey - qoʻriqxonasi tarkibidagi ,, Dor ut - Tilovat" majmuasining boʻlim boshligʻi Jalolov Zafar va ,, Marketing va turizm" boʻlim boshligʻi Umirova Gulnozalar soʻz olib, oʻzlarining fikrlarini bildirdilar. Bugungi tadbir bahs - munozaralar, savol - javoblar,keng muhokamalar ostida boʻlib oʻtdi.


