There is no translation available.

13–15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida milliy hunarmandchilik va betakror kashtachilik san’atini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Iroqi” xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tadi. 

Festival — asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy kashtachilik an’analarini namoyish etish, mohir hunarmandlar ijodini targ‘ib qilish va ushbu san’at turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Tadbirda O‘zbekistonning turli hududlari hamda qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mohir kashtachilar ishtirok etib, o‘zlarining noyob va bebaho ijod namunalarini namoyish etadi.

Festival dasturidan:

milliy kashtachilik namunalari ko‘rgazmasi;

hunarmandlarning ijodiy ishlari taqdimoti;

kashta tikish bo‘yicha mahorat darslari;

milliy hunarmandchilikka oid ko‘rgazma va taqdimotlar;

madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar;

mahalliy va xorijiy hunarmandlar o‘rtasida tajriba almashish tadbirlari o‘rin oladi.

Sample image

Tel: +998 99 748 02 22

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi bosh direktori Ma'ruf Uljayev Orifjonovich

Sample image

Tel: +998  91 950 52 87

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi Ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Alisher Ro'ziqulov

Tel: +998 90-440-23-00

"Shahrisabz" davlat muzey- qo'riqxonasi ilmiy kotibi U. Yusupova